Qidiruvga qaytish

SANOAT KORXONALARI RIVOJLANISHINING ATROF-MUHITGA TA’SIRINI BAHOLASH (Avtoreferat)- 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti

Nashr:November 17, 2025
Til:uzbek
Annotatsiya

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon iqtisodiy tizimida sanoat korxonalari faoliyatining atrof-muxitga taʼsirini baholash masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayon ekologik barqarorlikni taʼminlash, resurslardan samarali foydalanish va yashil iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirish bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. “2020-yilda jahonda 2,24 milliard tonna qattiq chiqindi hosil bo‘lib, ularning faqat 17 foizi qayta ishlangan. 2050-yilga borib, aholining o‘sishi va urbanizatsiya jarayonlari natijasida bu ko‘rsatkich 73 foizga ortib, 3,88 milliard tonnaga yetishi prognoz qilinmoqda”1. Bunday holat sanoat faoliyatida chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish, energiya sarfini optimallashtirish va uglerod izini qisqartirish bo‘yicha samarali strategiyalarni joriy etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlar ekologik monitoring tizimlaridan foydalanish va qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirish orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga intilmoqda. Shu tariqa, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavflarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli ravishda kuchaytirilmoqda.

Fayllar

Avtoreferat Turg'unov tahrirlangan pechatli.pdf

application/pdf · 1.7 MB

Hujjat haqida ma'lumot

Kalit so'zlar
avtoreferat
Resurs turi

PDF (.pdf)

Nashriyot

Xalqaro Nordik universiteti

Bo'lim

Avtoreferatlar

Yo'nalish

Avtoreferatlar

Iqtibos

Turg'unov, J. A. (2025). SANOAT KORXONALARI RIVOJLANISHINING ATROF-MUHITGA TA’SIRINI BAHOLASH (Avtoreferat)- 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti. Xalqaro Nordik universiteti. https://repository.nordicuniversity.org/document/edff4bb8-b752-4625-af44-3f4d114f16fe

Yuklangan fayllar

Avtoreferat Turg'unov tahrirlangan pechatli.pdf

application/pdf · 1.7 MB