NORDIC LIFE | 9-son
“Nordic life”ning navbatdagi 9-fasli orqali Siz, aziz o‘quvchilarni oliygohimizning intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish yo‘lidagi vazifalarni amalga oshirish jarayonlari bilan keng tanishtirishni maqsad qildik. 2024-yilning so‘nggi choragida jahondagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik o‘choqlari hisoblanishini inobatga olib, yangi xorijiy hamkorliklarga yo‘l ochish va ilg‘or tajribalarni o‘rganish, Nordik vakillarining ta’lim safarlarini tashkillashlar soni ortdi. Universitet rektori Sherzod Mustafakulov Yevropa davlatlari oliy ta’lim tajribalarini o‘rganib qaytdi. Universitetni xabga aylantirish ishlari natijasida esa nufuzli delegatsiyalar tashrifi keskin ortdi. Jumladan, Yevropa Ittifoqi delegatsiyalari, Euronews xalqaro mediatarmog‘ining nufuzli delegatsiyalari, Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jozsef Rozsa va Jon fon Neyman universiteti vasiylik kengashi raisi doktor Norbert Csizmadianing Nordik universitetiga tashriflari qiziqarli va samarali o‘tdi. Xalqaro Nordik universiteti O‘zbekistonning Ummon sultonligidagi elchixonasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston - Ummon sultonligi biznes forumi”ga mezbonlik qildi. Shuningdek, Nordik universitetida jamoada va respublikamiz oliygohlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning xorijdagi oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini ta'minlaydigan mexanizm ijobiy natijalar berdi. Nordik talabalarining grantlar, talaba almashish dasturlarida ishtiroki sezilarli kengaydi. Shu va boshqa muhim yangiliklar bilan jurnalimizda batafsil tanishing.
Fayllar
9-son.pdf
application/pdf · 5.1 MB
Hujjat haqida ma'lumot
PDF (.pdf)
Xalqaro Nordik universiteti
Nordic Life jurnali
Nordic Life jurnali
Iqtibos
Yuklangan fayllar
9-son.pdf
application/pdf · 5.1 MB